Taxmin emas.
Aniq foyda.
Har bir tovaringiz qancha olib kelayotgani, qaysi biri zararga sotilayotgani va omborda qancha pul muzlab yotgani — bitta kabinetda, so‘mda.
- Zarar bilan sotilayotgan
- 3 tovar
- Tugab qolish arafasida
- 5 tovar
- Zarar-detektor
- Yo‘qotilgan foyda
- Ertalabki Telegram hisobot
- Yetadi-kun
- Muzlagan pul
- Qaytarishlar tahlili
- Excel eksport
Pulingiz qayerga ketayotganini ko‘ring
Hisoblab bo‘lmagan qiymatni hech qachon nol deb ko‘rsatmaymiz. Har raqam — rasmiy hisobotdan.
Zarar-detektor
Har sotuvda pul yo‘qotayotgan tovarni topadi — komissiya, logistika va tannarxdan keyin qo‘lda nima qolayotganini aytadi.
Yo‘qotilgan foyda
Yaxshi sotilayotgan tovar tugab qolsa, har kuni qancha foyda qo‘ldan ketayotganini so‘mda ko‘rsatadi.
Ertalabki hisobot
Har kuni siz tanlagan soatda Telegram’da «Bugungi holat»: tugayotgan va zarar bilan sotilayotgan tovarlar, muzlagan pul — kabinetni ochmasdan ham xabardorsiz.
Tannarx kiritilmagan tovarda foyda ko‘rsatmaymiz — «hisoblab bo‘lmadi» deymiz. Chunki taxminiy raqam — yolg‘on raqam.
Boshqa servislar 0 yoki taxmin yozadi. Biz yozmaymiz — shuning uchun raqamlarimizga qaror qursa bo‘ladi.
Ulash — 2 daqiqa
API kalitni ulang
Uzum Seller kabinetidan kalit olasiz. Parolingiz kerak emas va hech qachon so‘ralmaydi. Istalgan payt uzib qo‘yasiz.
Ma’lumot o‘zi yig‘iladi
Buyurtmalar, moliya, ombor — hammasi avtomatik sinxronlanadi. Birinchi ma’lumot 10–20 daqiqada, keyin buyurtmalar har 5 daqiqada yangilanadi.
Har kuni — xulosa
Telegram’da «Bugungi holat»: tugayotgan va zarar bilan sotilayotgan tovarlar, muzlagan pul. Batafsili — kabinetda.
Tariflar
Yillik to‘lov — 2 oy bepul. Har ikkala tarifda 7 kun pul qaytarish kafolati.
ANIQ
- — Aniq sof foyda, mahsulot kesimida
- — Zarar-detektor va yo‘qotilgan foyda
- — Ombor: yetadi-kun, tugash ogohlantirishlari
- — Telegram: kunlik hisobot va tezkor ogohlantirishlar
- — Qaytarishlar tahlili, Excel eksport
ANIQ PRO
5 do‘kon- — ANIQ’dagi hammasi, 5 ta do‘kon uchun
- — AI vositalar: kartochka, narx tavsiyasi, sharhlarga javob
- — 5 tadan ko‘p do‘kon — Telegram support orqali kelishiladi
Ko‘p so‘raladigan savollar
Uzum parolim kerak bo‘ladimi?
Yo‘q. Faqat API kalit — u faqat o‘qish uchun ishlatiladi, shifrlangan holda saqlanadi va istalgan payt o‘chiriladi.
Ma’lumotlarim xavfsizmi?
Har foydalanuvchi faqat o‘z do‘konini ko‘radi. API kalitingiz shifrlangan holda saqlanadi, har kuni zaxira nusxa olinadi.
Yoqmasa-chi?
Birinchi to‘lovdan keyin 7 kun ichida yozasiz — pulni to‘liq qaytaramiz, savol so‘ramaymiz.