Yordam

Savolingiz bormi? Quyidagi javoblarni ko'ring yoki Telegram support'ga to'g'ridan-to'g'ri yozing — odatda ish vaqtida 1 soat ichida javob beramiz. Telegram support →

1. Do'konimni qanday ulayman?

Uzum Seller kabinetida (seller.uzum.uz) Sozlamalar → API bo'limidan kalit yarating va uni AniqSavdo'da «Do'konlar» sahifasiga kiriting. Kalit faqat o'qish uchun ishlatiladi — biz siz nomingizdan hech narsa o'zgartirmaymiz. Batafsil yo'riqnoma sahifaning o'zida bosqichma-bosqich ko'rsatilgan.

2. AniqSavdo mening parolimni yoki kartamni so'raydimi?

Yo'q. Uzum parolingiz bizga kerak emas va hech qachon so'ralmaydi — faqat API kalit. Kalit shifrlangan holda saqlanadi va istalgan vaqtda «Uzish» tugmasi bilan o'chirib tashlanadi.

3. Sof foyda qanday hisoblanadi?

Rasmiy Uzum hisobotidagi tushum, komissiya, logistika va qaytarishlar asosida. Tannarxni kiritsangiz (qo'lda, CSV shablon orqali yoki yuk xatidan), har tovar bo'yicha aniq sof foyda ko'rinadi. Tannarx kiritilmagan tovarda foyda «hisoblab bo'lmadi» deb halol ko'rsatiladi — taxminiy raqam yozmaymiz.

4. Telegram-bot nima beradi?

Har kuni ertalab «Bugungi holat» hisoboti, tovar tugashi va zarar bilan sotuv haqida tezkor ogohlantirishlar. Ulash: Sozlamalar → Telegram → kodni oling va botga yuboring.

5. Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ha. Har foydalanuvchi faqat o'z do'konini ko'radi, kalitlar shifrlanadi, ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi va har kuni zaxira nusxa olinadi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.

6. To'lov va tariflar qanday?

Tariflar sahifasida ko'rsatilgan. Birinchi to'lovdan keyin 7 kun ichida yoqmasa — pulni to'liq qaytaramiz, savol so'ramaymiz.

7. Raqamlar Uzum kabinetimga yoki boshqa servisga mos kelmayapti?

Avval qanday hisoblashimizni bilib oling: davr — Toshkent vaqti bo'yicha kalendar kun (00:00 dan 23:59 gacha), buyurtma sanasi asosida. Bekor qilingan buyurtmalar hisobga olinmaydi; qaytarilganlar kiradi (ular sotuv sifatida boshlangan). «Buyurtmalar» — buyurtma raqami bo'yicha soni, bir buyurtmada bir necha tovar bo'lishi mumkin. Buyurtmaning bir qismi bekor qilinsa, ba'zi servislar uni ikki yozuv sifatida sanaydi; biz bitta buyurtma raqamini bir marta sanaymiz. «Tushum» Uzum'ning o'z «sotuvchi foydasi» maydoniga teng (narx − komissiya − logistika), biz uni qayta hisoblamaymiz. Boshqa servis bilan farq ko'pincha ularning yangilanish kechikishidan: biz 2026-yil 5-oktabrda tekshirdik — farqning hammasi boshqa servis so'nggi bir soatdagi buyurtmalarni hali olmaganidan edi, davr tenglashtirilganda farq 0 so'm chiqdi. Farq baribir tushunarsiz bo'lsa, supportga yozing: birga tekshiramiz — bu bizning asosiy va'damiz, raqam aniq bo'lishi shart.